Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektron tijorat bozori rivojlanmoqda
14:42 / 2016-04-22

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida elektron tijoratga oid qonunosti hujjatlarini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida elektron tijoratga oid qonunosti hujjatlarini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari S.Otamurodov, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi I.Abdullayev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida iqtisodiyot tarmoqlariga axborot texnologiyalari joriy etilayotgani savdo va xizmat ko‘rsatish jarayonida keng qulayliklar yaratayotganini ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”gi, “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi qonunlari bu borada muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. 2015-yilda yangi tahrirda qabul qilingan “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonun sohaning texnologik va telekommunikatsiyaviy rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

Elektron tijorat sohasida yagona siyosat strategiyasini belgilash, tadbirkorlikni rivojlantirish va tadbirkorlik subyektlarining o‘zaro hamkorligi uchun teng shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2016-2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish Konsepsiyasi qabul qilindi.

– Mamlakatimizda mazkur sohada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xo‘jalik yurituvchi subyektlar, xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillari uchun ko‘plab qulayliklar yaratmoqda, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Jamshid Pirmatov. – Binobarin, elektron to‘lov va elektron tijoratning joriy etilishi ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, mahsulot va xizmatlar eksporti hajmi va raqobatbardoshligini oshirish bilan bir qatorda iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish imkonini beradi.

Tadbirda yuqorida zikr etilgan konsepsiyada belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklari, Markaziy bank, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi mas’ul xodimlarining axborotlari tinglandi. Ishtirokchilar savollariga mutaxassislar javob qaytardi.