Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektron tijorat bo‘yicha forum
16:50 / 2023-10-19

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi - ICTWeek Uzbekistan 2023 doirasida mamlakatimizda elektron tijorat salohiyatiga bag‘ishlangan forum bo‘lib o‘tadi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va Jahon bankining mamlakatimizdagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etilmoqda.

Vazirlikdan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, forumda onlayn-savdo bozori hamda turdosh tarmoqlar - fintex va logistikani rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi. Unda Jahon bankining elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha mahalliy va xorijiy ekspertlari ishtirok etadi.

Tadbirda Amazon, Alibaba, DHL, Mastercard, Uzum kabi kompaniyalar hamda AQSH, Xitoy, Hindiston, Turkiya, Singapur va Yevropa Ittifoqi davlat tuzilmalari vakillari qatnashishi kutilmoqda.

Roman Bondarchuk tayyorladi, O‘zA