Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektron sigaretalarni o‘tkazish javobgarlikka sabab bo‘ladi
10:40 / 2025-11-28

Davlatimiz rahbari "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ba’zi turdagi tamaki mahsulotlarining, tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalarining muomalasiga doir talablarni yanada kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Hujjat bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi.

Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, O‘zbekistonda muomalasi taqiqlangan tamaki mahsulotlari, nikotin yetkazib berishning elektron tizimlari, shu jumladan, elektron sigaretalarni tayyorlash, olish, saqlash, tashish, o‘tkazish, ishlab chiqarish, O‘zbekistonga olib kirish yoki undan olib chiqish – ancha miqdorda yoxud shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, BHMning 300 baravaridan 500 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bunda, ushbu harakatlarni sodir etgan shaxs aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida hokimiyat organlariga arz qilgan va muomalasi taqiqlangan mahsulotlarni topshirgan taqdirda, javobgarlikdan ozod qilinadi.

Bundan tashqari, “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonunda elektron sigaretalar va ular uchun suyuqliklarning aylanishiga doir taqiq belgilandi.

N.Abduraimova,

O‘zA