English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektron savdo va raqamli iqtisodiyot yo‘nalishida hamkorlik masalalari muhokama qilindi
15:48 / 2025-08-26

Bugungi kunda raqamli texnologiyalar inson hayotining ajralmas qismiga aylandi. U ishlab chiqarishdan tortib ta’lim, sog‘liqni saqlash va kundalik turmushimizda katta imkoniyatlar yaratmoqda. Shu bois, raqamli islohotlarni kengaytirish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Jamol Maxsudov Xitoy Xalq Respublikasining Elektronika savdo palatasi (SESS) Prezidenti Van Ning boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida ikki tomon o‘rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron savdo va raqamli iqtisodiyot yo‘nalishlarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Dastlab, mehmonlarga IT Park Uzbekistan faoliyati va mamlakatda IT -ekotizimni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida taqdimot qilindi. Shuningdek, UZINFOCOM markazi faoliyati, elektron hukumat tizimlarini boshqarish sohasidagi loyihalar tanishtirildi.

Delegatsiya vakillari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan raqamli islohotlarga yuqori baho berib, elektron tijorat, axborot texnologiyalari va qo‘shma innovatsion tashabbuslarda hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Uchrashuv yakunida ikki tomon kelgusida o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.

Nigora Rahmonova,

O‘zA