Keyingi yillarda elektron xizmatlar sonini oshirish va hududlarda elektron davlat xizmatlardan foydalanuvchilar qamrovini kengaytirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Elektron xizmatlar qamrovini kengaytirish bo‘yicha Davlat xizmatlari agentligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar imzolangan edi.
Ushbu memorandumlar asosida Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi va yuqorida ko‘rsatilgan ta’lim tashkilotlarning hududiy boshqarmalari bilan viloyatdagi barcha ta’lim tashkilotlarni qamrab olgan holda onlayn xizmatlarni targ‘ib qilish bo‘yicha seminarlar seriyasi jadvali tasdiqlanib, mazkur jadvallar asosida, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida masofadan turib elektron davlat xizmatlardan qiyinchiliksiz foydalana olish ko‘nikmalarini shakllantirishga e’tibor qaratilmoqda.
Viloyatning Bog‘ot, Hazorasp va Tuproqqal’a tumanlari Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari o‘rtasida elektron davlat xizmatlardan foydalanish ko‘nikmalarini oshirishga bag‘ishlangan mahorat darslari o‘tkazildi.
Ta’kidlab o‘tish lozimki, Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi aholiga elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida yuqori natijalarga erishish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishni o‘zining ustuvor vazifalaridan bir deb biladi.
O‘zA