Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektron davlat xaridlari qurilish sohasida ham amal qiladi
21:34 / 2022-02-04

Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining byudjeti va boshqa jamg‘armalarning mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash uchun pudrat tashkilotlarini faqat davlat xaridlari elektron tizimining elektron tender savdolari platformasi orqali aniqlash yo‘lga qo‘yiladi.

Tender savdolari predmeti qiymatining kamida 20 foizi miqdoridagi aylanma mablag‘lar bo‘lishi yoki ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘larni berishga bank kafolatnomasi talabi bekor qilinadi.

Ob’ektning boshlang‘ich narxidan 2 foizdan ortiq bo‘lmagan tender taklifni ta’minlash kafolat summasini pudrat tashkiloti tomonidan platforma operatorining hisobvarag‘iga o‘tkazish va tender yakunidan so‘ng pudrat tashkilotining hisobvarag‘iga avtomatik ravishda qaytarish tizimi joriy etiladi.

Xarid komissiyasi faoliyati bekor qilinib, uning funksiyasi platforma orqali avtomatik ravishda amalga oshiriladi.

Umumiy va texnik qismlar bo‘yicha ma’lumotni taqdim etish talabi bekor qilinib, ixtisoslashtirilgan professional pudrat tashkilotini jalb etish tizimi yaratiladi.

Xaridlar jarayonlarida joriy yil uchun moliyaviy majburiyatlar hajmi pudrat tashkilotning so‘nggi uch yillik hisobot davrining bir yilida bajarilgan eng yirik ishlar hajmining 2 baravaridan oshgan oferent – qurilish-pudrat tashkiloti ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yildan yilga o‘tuvchi ob’ektlar bo‘yicha moliyaviy majburiyatlar hajmini hisoblashda oferent yutib olgan ob’ektning tasdiqlangan qurilish-montaj ishlari bo‘yicha manzilli ro‘yxatda nazarda tutilgan moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlangan hisobot yilida bajariladigan ishlar qiymatini inobatga olish tizimi joriy etiladi.

Shuningdek, maqsadli dasturlarga kiritilgan ob’ektlar to‘liq raqamlashtiriladi.

O‘zA