Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektron auksion savdolarida tadbikorlarga 48 ta boʻsh yer uchastkalari sotildi
15:25 / 2018-10-01

Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash va ularga huquqiy tayanch boʻlish borasida samarali tadbirlar olib borilmoqda. Zero, tadbirkorlik taraqqiy topgan yurt iqtisodiy jihatdan rivojlanishi va yanada gullab-yashnashi hech kimga sir emas


Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash va ularga huquqiy tayanch boʻlish borasida samarali tadbirlar olib borilmoqda. Zero, tadbirkorlik taraqqiy topgan yurt iqtisodiy jihatdan rivojlanishi va yanada gullab-yashnashi hech kimga sir emas.

Davlatimiz rahbarining 2018-yil 11-sentyabrdagi “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur qaror asosida boʻsh turgan davlat mulk obyektlari, yer uchastkalari investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarini belgilagan holda “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotilishi belgilandi.

Hozirga qadar MIB huzuridagi “Elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan tashkillashtirilayotgan elektron onlayn-auksion savdolariga Respublikaning tuman va shahar hokimliklari tomonidan 1 ming 672 ta boʻsh yer uchastkalari 371 milliard 378 million soʻm investitsiya kiritish, 4 mingdan ziyod yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 4 milliard 76 million soʻmlik boʻsh yer uchastka va maydonlar auksion savdolariga chiqarildi.

Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 48 ta boʻsh yer uchastkalari 83 million 380 million soʻm investitsiya kiritish, 757 dan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 1 milliard 63 million 600 ming soʻmga sotildi.

“E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 1 ming 672 ta boʻsh yer uchastkalari 4 milliard 76 million soʻm miqdordagi auksion savdolariga chiqarilgan boʻlib tadbirkor va investorlar oʻzlariga maʼqul boʻlgan yer uchastkalarini onlayn-auksion savdolarida qatnashib sotib olish imkoniyatlari mavjud. Bu esa hududlarda yangi loyihalarni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega.