Munosabat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining parlament va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilab berilgan 6 ta ustuvor yo‘nalishning har biri yurtimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladigan vazifalarni o‘z ichiga oladi.
Jumladan, ekologik muvozanatni ta’minlash, “yashil” energetika va suv resurslaridan oqilona foydalanish beshinchi ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanib, bu borada bir qator muhim maqsad-vazifalar ilgari surildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi a’zosi Mohira Xo‘jayeva aynan ushbu yo‘nalishdagi vazifalar mohiyatiga to‘xtalar ekan, har bir inson toza ekologik muhitda yashashga haqli ekanini ta’kidladi. Deputat qayd etganidek, ekologik barqarorlik bo‘lgan joyda iqtisod rivojlanadi. Agar har ikkala omil birgalikda rivojlansa, xalq farovon yashaydi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/x-RASk8p1Q4" title="Elektromobillar xaridi uchun avtokreditlar ajratiladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhtarama Komilova,
Anvar Ahmedov (video), O‘zA