Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektromobil haydovchilari rag‘batlantiriladi
16:39 / 2026-02-18

Mamlakatimizda ekologik holatni barqarorlashtirish maqsadida qator tizimli ishlar olib borilmoqda.

Ana shunday chora-tadbirlardan biri sifatida O‘zbekistonda “yashil transport”ni rivojlantirish va elektromobil egalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi choralar kuchga kirmoqda.

Davlat dasturiga muvofiq, 2026-yilda elektromobilda taksi xizmati ko‘rsatuvchilar uchun qator imtiyozlar joriy etiladi.

1-martdan boshlab elektromobilda taksi qiluvchilarga bir qancha imtiyozlar beriladi. Jumladan, ijtimoiy soliqdan 10 foizgacha chegirma, davlat tashkilotlari avtoturargohlarida (xususan, aeroport va vokzallarda) 30 daqiqagacha bepul turish, shuningdek, qoidabuzarlik va YTHsiz 1 million km. xizmat ko‘rsatganlarga “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni berilishi ko‘zda tutilgan.

Rejaga ko‘ra, 2026-yil yakuniga qadar 300 ming nafar elektromobil taksichi faoliyat yuritishi va atmosfera ifloslanishi 7 foizga kamayishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, elektromobil yoki gibrid avtomashinaga ega bo‘lgan fuqarolar o‘z-o‘zini band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yoki tadbirkor sifatida taksi xizmati ko‘rsatayotgan bo‘lsa, — my.gov.uz orqali istalgan vaqtda onlayn ariza yuborishlari va litsenziyani rasmiylashtirishlari mumkin.

Sherbek Islomov O‘zA