Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektrdan qarzdorlik uchun "Nexia 3" mashinasi jarima maydoniga joylashtirildi
10:31 / 2023-03-15

Jizzax tumanlararo iqtisodiy sudining qaroriga asosan «Hamkor Elita Fayz» f/x hisobidan Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi foydasiga 99 mln. 323 ming so‘m qarzdorlikni undirish belgilangan.

Majburiy ijro byurosining Jizzax viloyati Sharof Rashidov tuman bo‘limi tomonidan qarzdorga tegishli avtotransport vositasi xatlanib, vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi.  

Shuningdek, Jizzax tumanlararo iqtisodiy sudining qaroriga asosan «Jizzax Serhosil Zamini» fermer xo‘jaligi hisobidan Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi foydasiga 38 mln. 348 ming so‘m qarzdorlikni undirish belgilangan.  

Olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdorning barcha mol-mulklari xatlovga olindi va undan qarzdorlik summasi to‘liq undirildi.  

O‘zA