Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektr va tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanishlar, o‘g‘irliklarga joylardagi rahbarlar befarq va sherik bo‘layotgani qayd etildi
16:56 / 2022-12-15

Prezident raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida bugungi og‘ir vaziyatda elektr va tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanishlar, o‘g‘irliklar davom etayotgani, bunga joylardagi rahbarlar befarq va sherik bo‘layotganiga chidab bo‘lmasligi qayd etildi.

Dekabr oyi boshidan qariyb 3 mingta, so‘nggi ikki kunda esa 1,5 mingta bunday holat aniqlandi. Ular ayniqsa, Farg‘ona (617 ta), Andijon (325 ta), Samarqand (252 ta), Namangan (220 ta), Sirdaryo (218 ta), Toshkent shahrida (269 ta) ko‘p.

Misol uchun, elektrdan 8 million kilovatt o‘g‘irlangan, bu – kuz-qish mavsumida 41 ming hovli uylarning bir oylik iste’moliga teng.

Shu bilan birga, 11,5 million kub metr yoki 19 ming xonadonning bir oylik iste’moliga teng tabiiy gaz noqonuniy ishlatilgani aniqlandi.

O‘tgan hafta Namanganda 110 tonna, Qoraqalpog‘istonda 22 tonna aholiga berilishi kerak bo‘lgan ko‘mir noqonuniy ravishda sotib yuborilgan.

–Bu viloyatlar hokimi, prokurori, ichki ishlar idoralari nima bilan band, - deb savol qo‘ydi Prezident.

Viloyat hokimlari qozonxona, gaz va ko‘mir tarqatish shoxobchalari, avtopark, elektr tarmoqlariga borib, ishlarni ko‘zi bilan ko‘rmagani, bu ishlarni tashlab qo‘ygani keskin tanqid qilindi.

O‘zA