French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektr va gaz: noqonuniy ulanish oqibatida 875,8 million so‘m zarar yetkazildi
13:20 / 2023-03-28

Fuqaro L.S. Urgut erkin iqtisodiy zonasiga tegishli hududda ohak ishlab chiqarish hamda tovuq boqish faoliyati bilan shug‘ullanib, ohak pishirish pechlari va isitish tizimini gaz quvuriga yashirincha ulab, 729,9 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.

Bu Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi gaz tarmoqlaridan foydalanish Samarqand filiali xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.  

Departamentning Paxtachi tumani bo‘limi tomonidan elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro K.E. xonadonida tashkil etgan yashirin sexda elektr pechlarni umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulab, 430,2 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi.  

Departamentning Chinoz tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro E.D. «Nafis» mahalla fuqarolar yig‘inidagi uyida tashkil etgan issiqxonani gaz tarmog‘iga yashirincha ulab, 108 ming kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.  

Ushbu qonunbuzilishlar oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 875,8 million so‘m zarar yetkazilgan.  

Departament matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.  

 

O‘zA