Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektr texnika sohasi uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash imkoniyatlari o‘rganilmoqda
09:31 / 2022-04-01

So‘nggi yillarda respublikamizning sanoat tarmoqlariga «yashil iqtisodiyot» tizimini joriy qilish, ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, innovatsion taraqqiyotni jadallashtirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

bugungi kunda respublika OTMlarini shu yo‘nalishda olib borayotgan elektr texnika sohasi uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash imkoniyatlari o‘rganilmoqda.

Elektrotexnika — fan va texnikaning energiyani o‘zgartirish, materiallar ishlab chiqarish hamda ularga ishlov berish, axborotlarni uzatish va boshqarish masalalarini amalga oshirish sohasi hisoblanadi.
Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxini kamaytirish va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini oshirishda elektrtexnikani iste’mol qilayotgan elektr energiya ulushi sezilarli darajadadir. 

Shu sababli so‘ngi yillarda xalq xo‘jaligi uchun tayyorlanayotgan elektrtexnika yo‘nalishi mutaxassis kadrlariga ishlab chiqarish korxonlaridagi elektr jihozlarini o‘rgatish, loyihalash va ekspluatatsiyalash dolzarb muammoligicha qolmoqda.

Shuning uchun ularni sanoatda va ishlab chiqarishning boshqa sohalarida keng qo‘llanilishini inobatga olgan holda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, optimal loyihalash, ishlash sifatini ta’minlash yo‘lida mahalliy va xalqaro oliy ta’lim muassasalari tomonidan olib borilayotgan o‘quv jarayoni bo‘yicha tajriba almashish yo‘lga qo‘yilgan.

Shuningdek, energotejamkor va resurstejamkor elektrtexnik jihozlar ish rejimini ommalashtirish va joriy qilishni o‘rgatish, uni intellektuallashtirish va raqamlashtirish kabi innovatsion ishlanmalarni joriy etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar soni 18 milliondan ortiq bo‘lib, butun aholining qariyb 55 foizini tashkil etsa, oliygohlarimizda jami 820 ming nafar talabalardan 510 ming nafari kunduzgi ta’lim shaklida o‘qimoqda. Har yili 800dan ortiq talabalar elektrotexnika yo‘nalishi bo‘yicha ToshDTU, AndMi, Qoraqalpoq davlat universiteti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, Jizzax politexnika instituti, Qarshi muhandislik instituti va boshqa bir qancha oliy ta’lim muassasalarida tayyorlanmoqda.

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga muvofiq, talabalar bilan suhbat va so‘rovnomalar o‘tkazildi. Talabalarning 100 ming nafarga yaqini ishlash va qo‘shimcha daromad topishga ehtiyoji borligini bildirgan. Ayniqsa, ular orasida 7,5 ming chin yetim yoki nogironligi bo‘lgan hamda 4,5 ming nafar turli «daftarlar»ga kiritilgan talabalar bor.

Shu sababli Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirishi zarur bo‘lgan, muhim rejasi va Vazirlar Mahkamasining «O‘zeltexsanoat» uyushmasining elektrotexnika sanoatini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2019 yil 16 oktyabrdagi qaroridan kelib chiqib, «elektrotexnika tarmog‘i tashkilotlariga moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar, tanlovlar (tenderlar) doirasida avans to‘lovlarini amalga oshirish (qaytarish), xorijiy valyutadagi shartnoma shartlarini bajarish va yetkazib berilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha kafolat muddatlarini ta’minlash yuzasidan mahalliy tijorat banklaridan kafolatlar olishda garov ta’minoti sifatida kafolat summasining 50 foizigacha kafilliklar berish belgilandi. 

Qo‘shimcha ish o‘rinlari hamda kadrlarga bo‘lgan talabni oshishi, ya’ni kechki, sirtqi va maqsadli qabul kvotalarini bir necha bor ko‘paytirildi, bu esa elektrotexnika sohasiga kadrlar yetkazib berishning yangicha tizimi, rivojlangan mamlakatlarda o‘z samarasini bergan «DUAL TA’LIM» dasturlari, nodavlat ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda fakultetlar tashkil etishni yo‘lga qo‘yishni taqozo etmoqda.



O‘zA