Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi
10:02 / 2024-07-10

“O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmatining ma’lum qilishicha, yaqinda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida elektr energiyasini o‘g‘rincha ishlatish holatlari aniqlangan.

Unga ko‘ra, Andijon viloyati Andijon tumanida faoliyat yuritayotgan “K.D.” MCHJga qarashli savdoni tashkil qilish maydonlarini yoritishda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan. Unda umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘rnatilgan elektr energiyasini hisobga olish uskunasiga qasddan tashqi ta’sir ko‘rsatilgan. Bu harakatlar tufayli tizimga jami 269 million so‘mlik zarar yetkazilgan.  

Shuningdek, Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro J.P. o‘ziga tegishli suv nasosini umumiy foydalanishdagi tarmoqqa ulab, jami 227,8 million so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘rincha ishlatgan.  

Bu kabi holatlar Farg‘ona viloyatining Rishton tumani va Marg‘ilon shahrida ham oshkor etildi. Ya’ni, bu yerda “B-M.” fermer xo‘jaligi va “M.M.” xususiy korxonasida elektr hisoblagich ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish uchun tashqi ta’sir o‘tkazilib, tijorat maqsadida 186,7 million so‘mlik elektr energiyasi noqonuniy ishlatilgan.  

Ayni paytda ushbu noqonuniy harakatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.  

N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA