English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi
15:50 / 2023-03-13

“T.B.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari xo‘jalik yer maydonlarini sug‘orish uchun quvvati 110 kVt/s bo‘lgan suv nasosini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 156 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Bu Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qorao‘zak tumani bo‘limi tomonidan ichki ishlar bo‘limi va tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlandi.    

Departamentning To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “N.F.” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari M.A. va boshqalar muzlatkich omborini hech qanday hujjatsiz elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 136,5 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.  

Departamentning Namangan shahar bo‘limi tomonidan elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.T.” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari U.M. va boshqalar tikuvchilik sexini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 70,3 million so‘mlik zarar yetkazgani aniqlangan.  

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.  

O‘zA