Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanish tizimga 778 million so‘mlik zarar keltirdi
11:29 / 2023-07-22

Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda joylarda nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Unda aniqlanishicha, Samarqand viloyati Urgut tumanida faoliyat olib borayotgan "Agromir Buildings" MCHJ elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.  

Tadbirkor elektr qurilmalarini tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulab, 1,7 million kilovatt soat  elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan va bu bilan ta’minot korxonasiga 778 million so‘m miqdorda zarar keltirgan.  

Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

Nazorat tadbirlari davom etmoqda.

 

N.Ziyodullayeva tayyorladi.  

O‘zA