Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanish natijasida tizimga 311 million so‘mlik zarar yetkazildi
18:40 / 2023-03-13

Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda joylarda o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida joylashgan “Bahora Oybek qizi” fermer xo‘jaligida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

Ushbu fermer xo‘jaligining elektr qurilmalari elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangani ma’lum bo‘ldi. Natijada iste’molchiga 692 ming kVt soat hisobga olinmagan elektr energiyasi bo‘yicha 311 million so‘m miqdorida qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirildi.

Ushbu hajmdagi elektr energiyasi o‘rtacha 3 ming 400dan ziyod xonadonning bir oylik iste’molini tashkil qiladi.

Qoidabuzarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.  

O‘zA