Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan tadbirkorlik sub’ekti tizimga 1 milliard so‘mdan ortiq ziyon yetkazdi
13:45 / 2023-08-17

Tezkor tadbirda Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi “Islomobod” MFYda joylashgan “A.Ch.” UK elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib olgani aniqlandi.

Ushbu mahalla hududidagi “A.Ch.” UK tarmoqqa noqonuniy ulanishi  sababli tizimga 1 milliard 300 million 860 ming so‘m (2 mln. 890 ming 800 kVt•soat) zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu hajmdagi elektr energiyasi 14 mingdan ortiq xonadonning bir oylik iste’molini tashkil qiladi.  

Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rnatilgan tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya”  matbuot xizmati xabarida.  

 

N.Ziyodullayeva tayyorladi,  

O‘zA