English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektr ta’minotidagi uzilishlarga nima sabab bo‘lyapti? – Mutaxassis javob berdi 
16:33 / 2024-01-25

Joriy yilning 24 yanvar kuni iste’molchilarni energiya resurslari bilan ta’minlash reja asosida tashkil etildi. Deylik, elektr energiyasini ishlab chiqarish rejadan besh foiz ortiq bo‘lsa, iste’molchilar ta’minoti mo‘ljaldan 4 foiz ziyodni tashkil etdi. Tabiiy gaz iste’moli esa 154,7 million metr kubdir.

Elektr qurilmalari va tabiiy gaz ta’minotida uzilishlar kuzatildi. Shuningdek, elektr ta’minotidagi uzilishlar yuzasidan Energetika vazirligi tizim tashkilotlariga iste’molchilardan 219 ta, tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minoti bo‘yicha 213 ta murojaat kelib tushgan. Ular bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar olib borildi. 

–Xususan, bugun tungi soat 03:15 da Toshkent shahridagi 
35 kVli “L-Xadra-2” elektr uzatish tarmog‘ining “A” fazasida yer bilan qisqa tutashuv sodir bo‘layotgani aniqlanib, 10 MVt quvvat bilan qo‘lda o‘chirilgan. Natijada Shayxontohur tumanidagi 2 mingta iste’molchi qisman elektr ta’minotidan uzilgan. Soat 04:05 da iste’molchilarning elektr ta’minoti boshqa tarmoq orqali ta’minlangan. Shuningdek, kecha soat 09:00 da Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumanidagi yuqori va o‘rta bosimli gaz quvurlarini ta’mirlash hamda yuqori bosimli gaz quvurlarini tartibga keltirish ishlarini olib borish maqsadida “Joyilma” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 8 ming 118 ta aholi va 208 ta ulgurji iste’molchining tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan. Soat 16:10 da ta’mirlash ishlari yakuniga yetgach, iste’molchilarning tabiiy gaz ta’minoti ularni ogohlantirgan ravishda bosqichma-bosqich qayta tiklangan, – dedi Energetika vazirligi matbuot xizmati rahbari Hasan Toshxo‘jayev. 

Aynan shu kuni o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida noqonuniy holatlar sodir bo‘lgan. Unga ko‘ra, vazirlik huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan 48 ta iste’molchi tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha 60 ta ma’muriy ish rasmiylashtirildi. 

Shuningdek, ishchi guruh tomonidan hududlarda 2 ming 492 ta profilaktik tadbir o‘tkazildi. 72 ta ob’ektda ta’minotchi korxonalar tomonidan amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi. 

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA