French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektr ta’minotidagi nosozlik ikki soatda bartaraf etildi
11:12 / 2025-12-22

Qish kommunal soha korxonalari uchun eng mas’uliyatli va mashaqqatli mavsumdir.

Albatta, mavsum oldidan qilingan tayyorgarlik ishlari uni betalofat o‘tkazish imkonini beradi. “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Qoraqalpog‘iston hududiy filiali tarkibiga kiruvchi shahar va tuman elektr ta’minotchilari ham kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bilan bog‘liq ishlarni 1 sentyabrga qadar to‘liq yakunlaganligi sababli bugungi kunda iste’molchilarga elektr energiyasini yetkazib berishda jiddiy kamchiliklar yuzaga kelmayapti.

Ammo shunday bo‘lsa ham ayrim sabablarga bog‘liq  uzilishlarning   bo‘lib turishi bor gap. Qishning boshlanishi va yog‘ingarchilik tufayli shunday avariya holatlari yuzaga kelganda, har bir shahar va tumanda ishlab turgan dispetcherlik xizmatlari tomonidan uzilishni bartaraf etishning shoshilinch choralari ko‘riladi.

Masalan, Shumanay tumanining “Sarmanbayko‘l” ovul fuqarolar yig‘ini  hududida 200 dan ortiq xonadonning elektr ta’minoti uzilgani qayd etilib, voqea joyiga avariya brigadasi yuborildi.

Brigada a’zolari yetib kelgach, yuz bergan nosozlikni ikki soat ichida bartaraf etishga erishdi, natijada elektr energiyasi ta’minoti to‘laligicha qayta tiklandi.  

Chekka qishloq aholisi qishning izg‘irin sovug‘iga qaramasdan o‘z vazifalarini sidqidildan bajargan ta’minotchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri