Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lmaydi
12:48 / 2022-10-20

FOTOREPORTAJ

Buxoro viloyati Kogon tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida elektr ta’minoti uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan qator chora-tadbirlar bajarildi.  

Tumanning “Xo‘ja yakshaba”, “Sorg‘un” mahalla fuqarolar yig‘inida ham bu borada namunali ishlar tashkil etilgan.

[gallery-9204]

“Obod qishloq” Davlat dasturi asosida “Kogon tuman elektr ta’minoti” korxonasi tomonidan qurilish-montaj ishlari olib borilib, Xo‘ja yakshaba mahallasida 90 ta temir beton tayanch tiklandi. Ikkita transformator punktining quvvati oshirilib, 250 kilovolt-amper quvvatidagi yangi transformator punktlari o‘rnatildi. 4100 metr uzunlikdagi havo elektr uzatish tarmog‘i yangidan tortildi.  

Sorg‘un mahallasi hududida 130 dona mustahkam temir beton tayanchi yangidan qurildi. 5 ta transformator punktida mukammal ta’mirlash ishlari bajarilib, quvvati 100 kilovolt-amper bo‘lgan transformator 250 kilovolt-amper bo‘lgan transformator punktiga almashtirildi. Shuningdek, 5500 metr uzunlikda 0,4 kV kuchlanishdagi havo elektr uzatish tarmog‘i yangilanib, zamonaviy SIP kabellari tortildi.

Tohir ISTATOV (surat),O‘zA