Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektr ta’minotida kompensatsiya berish borasida qanday ishlar qilinyapti?
12:04 / 2025-12-12

Kuni kecha parlament quyi palatasida bo‘lib o‘tgan parlament eshituvida energetika vaziri J.Mirzamahmudovning axboroti eshitilar ekan, deputatlar sohaga oid bir qator savollarni o‘rtaga tashladi.

Sayyora Imomova:

— O‘tgan yili hukumatning tegishli qarori bilan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand qismiga energiya ta’minotida imtiyozlar berish, isitish mavsumida kompensatsiya taqdim qilish choralari ko‘zda tutilgan edi. Bu borada vazirlik tomonidan qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

J.Mirzamahmudov, energetika vaziri:

— Ehtiyojmand oilalarni qo‘llash bo‘yicha o‘tgan yili joriy qilingan ushbu mexanizm o‘z samarasini beryapti. Bu mablag‘larni Ijtimoiy himoya milliy agentligi taqsimlaydi. Shuni aytish kerakki, reyestrda belgilangan darajagacha energiya iste’mol qiladigan yoki ehtiyoji bo‘lgan oilalar biz kutgandan ham kamroq chiqdi.  

Hozirda 200 ta mahallaning 14 tasida pilot loyihalar bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi. Mahallalar hududida 200-300 kilovatlik kichik quyosh stansiyalarini qurib, birinchi o‘rinda ehtiyojmand oilalar vakillari ishga qabul qilinadi. Ularda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi esa ehtiyojmand oilalar ehtiyojini qoplashga yo‘naltiriladi. Undan ortganini Hududiy elektr tarmoqlari sotib oladi va ortiqcha mablag‘ mahalla jamg‘armasiga o‘tkazilib, o‘sha hududning o‘ziga ishlatiladi. Hozir 14 ta loyiha bo‘yicha ishlayapmiz, 2 tasi ishga tushdi, — dedi energetika vaziri. 

Muhtarama Komilova,

O‘zA