Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektr taʼminoti yanada yaxshilanadi
13:27 / 2024-06-02

Buxoro viloyati aholisini barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida Davlat dasturlari asosida bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish bilan bir qatorda hududlardagi podstansiyalarning quvvatini oshirish ishlari ham bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Ana shunday yangilanishlardan yana biri viloyatning Gʻijduvon tumanida amalga oshirilmoqda. Loyiha asosida yuqori kuchlanishdagi “Gʻijduvon” 110/35/10 podstansiyasining quvvatini oshirish uchun 2 dona 40 ming kVAli yuqori quvvatdagi transformatorlar olib kelindi.

Mazkur quvvatdagi transformatorlar oʻrnatilishi Gʻijduvon tumanidagi 50 mingga yaqin isteʼmolchilarning elektr energiyasi taʼminotini yanada yaxshilash imkonini beradi.

Shuningdek, umumiy qiymati 19 milliard soʻmdan ortiq boʻlgan ushbu kuchli transformatorlarning ishga tushurilishi natijasida podstansiyaning quvvati 3 barobarga ortadi. Shu bilan bir qatorda qoʻshimcha quvvat ham yaratiladi.

Zarif Komilov, OʻzA muxbiri.