Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektr ta’minoti yanada yaxshilanadi
18:36 / 2022-01-17

Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 2021 yilda Andijon viloyatida tanlab olingan 31 ta mahallada elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash borasida e’tiborga molik ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, mahalalar hududlariga 4 ming 461 dona temir beton ustunlar o‘rnatildi, 206,5 kilometr uzunlikda elektr uzatish tarmoqlari tortildi, 62 dona yangi transformator punktlari o‘rnatildi. Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun qariyb 29,6 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. “Obod qishloq” dasturi doirasida Buloqboshi tumanidagi Sharq yulduzi va Bozorboshi mahallalarida 1 ming 40 dona temir beton ustunlar o‘rnatilib, 21,8 kilometr uzunlikdagi havo tarmog‘i tortildi, 9 ta yangi transformator punkti o‘rnatildi.

– Dastur asosida mahallamizdagi mavjud 7 ta ko‘chaning oltitasida elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha ishlar olib borildi, – deydi Buloqboshi tumanidagi Sharq yulduzi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Elyorbek Egamberdiyev. – Jumladan, 6 ta yangi transformator o‘rnatildi, 10 kilometrdan ziyod tarmoq tortilib, 600 donaga yaqin beton tayanch ustunlar o‘rnatildi. Natijada mahallamizda ayniqsa, qish oylarida avvalgi yillardagi kabi elektr tokidagi uzilishlar umuman bo‘layotgani yo‘q. Bundan butun mahalla ahli behad mamnun bo‘lmoqda.

[gallery-5477]

Dastur doirasida Baliqchi tumani Do‘stlik mahallasining G‘ayrat, Navro‘z ko‘chalarida 170 dona temir beton ustunlar o‘rnatilib 8,12 kilometr uzunlikdagi havo tarmog‘i tortildi, 2 ta yangi transformator punkti o‘rnatilishi natijasida elektr energiyasi ta’minoti yanada yaxshilandi.

– Avval ko‘chamizdagi xonadonlarning elektr ta’minoti juda nochor ahvolda edi, – deydi Do‘stlik mahallasi Navro‘z ko‘chasida yashovchi, mehnat faxriysi Shahobiddin Mamadaliyev. – Ayrim joylarda elektr ustunlar oddiy yog‘ochdan qo‘yilganligidan xavfsirab yashardik, uzilishlar ham juda ko‘p bo‘lardi. Dastur asosida ko‘chamizga betonli ustunlar o‘rnatilib, yangi elektr simlari tortildi. Endilikda elektr ta’minoti bo‘yicha umuman muammo yuzaga kelayotgani yo‘q. Umuman, viloyatda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida amalga oshirilgan yuqoridagi kabi ishlar natijasida 124 ming nafardan ziyod aholi hamda 700 dan ortiq tadbirkorlik sub’ektlarining elektr energiyasi ta’minoti yaxshilandi.

F. UBAYDULLAEV, Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA