Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektr ta’minoti nazoratda
14:58 / 2023-07-21

Buxoro viloyati prokurori M.Istamov “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ faoliyati bilan tanish.

Korxona faoliyatini kuzatib, o‘rgandi. Iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, avariya holatlarini  vaqtida bartaraf qilish hamda rejali uzilishlar haqida iste’molchilarni oldindan xabardor qilish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. 

Shuningdek, jamiyatning “Billing markazi” dagi elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi ko‘zdan kechirildi. Elektr energiyasi bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni Dastur asosida tizimli tahlil qilish orqali aniqlash, sohadagi hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha mutasaddilarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.  

Ma’lumot uchun, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari yuzasidan o‘tkazilgan reyd tadbirlarida 815 noqonuniy holatlar fosh etilib, jami 11 milliard so‘mlik zararlar aniqlangan. Shundan 8 jinoyat ishlari va 789 ma’muriy ishlar qo‘zg‘atilgan.  

 

Zarif Komilov, O‘zA