Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektr ta’minoti korxonasi rahbari ta’magirlik qildi
10:44 / 2023-07-29

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida korrupsiyaga qarshi kurash yo‘nalishida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir chog‘ida Kattaqo‘rg‘on tumani “Qoradaryo” elektr ta’minoti korxonasi rahbari, 1984 yilda tug‘ilgan X.Q. tumandagi fermer xo‘jaligining elektr energiyasidan qarzdorligini bartaraf etib, qayta tarmoqqa ulab berish evaziga fermerdan 5 million so‘m olayotganda qo‘lga olindi.

Hozirda X.Q.ga nisbatan O‘zbekison Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda

O‘zA