English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektr stansiyalarida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik  ko‘rilmoqda
14:42 / 2025-08-19

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish mamlakatimiz energetika tizimi uchun eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Har yili bo‘lgani kabi bu yil ham barcha elektr stansiyalarida ta’mirlash, profilaktika va modernizatsiya ishlari reja-jadval asosida izchil amalga oshirilmoqda.

Maqsad esa aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarini barqaror elektr va issiqlik energiyasi bilan ta’minlash, shuningdek, stansiya quvvatlaridan samarali foydalanish imkoniyatini yaratishdir. 

Xususan, “Angren issiqlik elektr stansiyasi” AJ tarkibidagi 9-sonli bug‘ qozoni qurilmasida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Qurilmaning ishonchliligi va uzluksiz faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida ta’mir jarayonida 150 nafarga yaqin malakali mutaxassis faoliyat yuritmoqda. 

Ta’mirlash ishlari ishlab chiqarish jarayonlariga ta’sir qilmasdan joriy yil 1 oktyabr kuniga qadar davom etadi. 

Mavsumga taraddud ishlari natijasida stansiya quvvatlaridan samarali foydalaniladi, aholi va ijtimoiy soha ob’ektlari barqaror elektr va issiqlik energiyasi bilan ta’minlanadi. Bu esa mamlakatimizda energetika tizimining uzluksizligi va aholi farovonligi uchun juda muhimdir.

N.Ziyodullayeva,

O‘zA