Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektr qurilmalarining muhofaza maydonlari qanday va qaysi o‘lchamlarda bo‘lishi kerak?
18:57 / 2021-12-01

Energetika vazirligi matbuot xizmatida tashkil etilgan “Matbuot shtabi”ga iste’molchilardan murojaat va savollar kelib tushmoqda.

Vazirlik va uning tizimidagi axborot xizmati jamoasi bu borada tezkor javob berish va muammolarni o‘zi vaqtida hali etishga harakati qilmoqda.

Savol: Bizning yashash hududimiz yaqinidan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i o‘tgan. Shunga yaqin hududlarda qurilish ob’ektlari ham mavjud. Aytingchi, elektr qurilmalarining muhofaza maydonlari qanday va qaysi o‘lchamlarda bo‘lishi kerak?

Iste’molning galdagi savoliga "O‘zenergoinspeksiya” Matbuot xizmati rahbari Navro‘z Norboboyev javob berdi.

-Belgilangan normalarga asosan elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob’ektlarining muhofaza zonalari quyidagicha o‘rnatiladi, -dedi N.Norboboyev. - Unga ko‘ra, 1 kilovoltgacha kuchlanishli tarmoqlar uchun — 2 metr, 20 kilovolt kuchlanishli tarmoqlar uchun — 10 metr (aholi punktlari chegaralarida joylashgan o‘zini o‘zi tutib turuvchi yoki izolyatsiyalangan simli liniyalar uchun 5 metr), 35 kilovolt kuchlanishli tarmoqlar uchun — 15 metr,

110 kilovolt kuchlanishli tarmoqlar uchun — 20 metr,

220 kilovolt kuchlanishli tarmoqlar uchun — 25 metr,

500 kilovolt kuchlanishli tarmoqlar uchun — 30 metr etib belgilangan. Shuni ta’kidlash joizki, ushbu muhofaza zonasi elektr uzatish tarmog‘i bo‘ylab chetki simlaridan har ikkala tomonga vertikal tekislik bilan chegaralangan yer maydoni va havo bo‘shlig‘idan iborat. Mazkur hududda uy, bino, issiqxona va hokazolar qurilish ishlarini olib borish taqiqlanadi.

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA