Elektr plitasi sifatsiz ekani aniqlandi
Jizzax shahridagi savdo do‘konlarida sotilayotgan “Ayuba” brendli elektr plitasi aholiga xavf tug‘dirishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining viloyat bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan nazorat xaridi va laboratoriya tahlillari mahsulotlarning texnik reglament, markirovka hamda amaldagi standartlarga javob bermasligini ko‘rsatdi.
Mutaxassislarning fikriga kura, bunday jihozlardan foydalanish elektr toki urishi, kabelning haddan tashqari qizishi va yong‘in kabi xavfli holatlarga olib kelishi mumkin. Shu bois, aholi maishiy texnika xarid qilishda mahsulotning muvofiqlik sertifikati va markirovkasiga alohida e’tibor qaratishi lozim.
Hamroz Bayanov, O‘zA