Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatilishi tufayli tizimga 7,6 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan
18:35 / 2023-02-23

Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda joylarda nazorat tadbirlarini o‘tkazmoqda.

Unda aniqlanishicha, Samarqand shahri So‘g‘diyona mavzesida faoliyat yuritib kelayotgan “Dobusya Samarqand Aqualand” MCHJda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan. Ya’ni, ushbu tadbirkorlik sub’ektiga tegishli mehmonxona yashirin tarzda o‘rnatilgan avtomat elektr hisoblash tizimiga tashqi ta’sir ko‘rsatilgani ma’lum bo‘ldi.

Natijada iste’molchiga 16,9 million kilovatt soat hisobga olinmagan elektr energiyasi bo‘yicha 7,6 milliard so‘m miqdorida qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirildi. Ushbu hajmdagi elektr energiyasi o‘rtacha 85 mingta xonadonning bir oylik iste’molini tashkil qiladi.  

Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

O‘zA