English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatilishi sababli tizimga 198,5 million so‘m zarar yetkazilgan
09:54 / 2023-04-12

Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda joylarda o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani joylashgan o‘rmon xo‘jaligida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu o‘rmon xo‘jaligiga qarashli suv nasosiga o‘rnatilgan elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatish holati  aniqlangan. Buning natijasida tizimga 198,5 million so‘m zarar yetkazilgan.  

Ayni paytda qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.  

 

O‘zA