Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatilgan
18:10 / 2023-08-09

Buxoro shahrida faoliyat yuritib kelayotgan “M.T.” MCHJ elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Mazkur korxona tomonidan foydalanilgan elektr energiyasini kamaytirib ko‘rsatish maqsadida elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatilgani ma’lum bo‘ldi. Natijada 4,4 million kilovatt soat hisobga olinmagan elektr energiyasi bo‘yicha 2 milliard so‘m miqdorida qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirildi.  

Eslatib o‘tamiz, mazkur holat Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda joylarda o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlarida aniqlandi.  

Ayni paytda qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.  

N.Ziyodullayeva tayyorladi

O‘zA