Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektr energiyasidan yashirincha foydalanish holati aniqlansa...
19:56 / 2020-02-26

Ushbu holat boʻyicha Toshkent viloyati Majburiy ijro byurosi tomonidan qoidabuzarlik dalolatnomasi rasmiylashtirildi va isteʼmolchi elektr tarmogʻidan uzildi.


Energiya resurslaridan toʻgʻri, tejamkor foydalanishda isteʼmolchilarda toʻlov madaniyati qanday? Elektr energiyasidan foydalanishda oʻgʻrilik holatlarining kuzatilishi, turli qingʻir ishlar sodir etilishiga nimalar sabab boʻlmoqda?

Savolda qayt etilgan baʼzi illatlar tufayli taʼminotchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgani bilan isteʼmolchiga yetkazib berilayotgan energiya miqdorida tafovutlar yuzaga kelmoqda. Bu esa debitor qarzdorlikning sunʼiy oshib ketishiga olib kelmoqda. Ayrim kimsalar davlatning, xalqning boyligini talon-taroj qilishda turli qingʻir usullardan foydalanayotgani achinarli.

Yaqinda “Oʻzenergoinspeksiya”ning Toshkent viloyati hududiy boʻlimi va Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyati boshqarmasining qoʻshma ish rejasiga asosan hududlarda isteʼmolchilarning elektr energiyasidan foydalanish qoidalari boʻyicha oʻrganishlar natijasida yuridek shaxslar tomonidan qonun buzilishlar aniqlandi.

Energiyasi resurslarini samarasiz foydalanishlarining oldini olish, elektr energiyasi haqini oʻz vaqtida toʻlash, energiya resurslarini tejash, isteʼmol madaniyatini oshirish, hamda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishni oldini olish maqsadida shu yilning oʻtgan oyidagi oʻrganishlar mobaynida Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi isteʼmolchi – masʼuliyati cheklangan jamiyatlardan biri tomonidan elektr energiyasidan foydalanishda yashirincha oʻgʻirlik holati aniqlandi.

Isteʼmolchi elektr energiyasini oʻgʻirlash maqsadida tok transformatorining ikkilamchi zanjir qismiga sim tashlash (perimichka) yoʻli orqali elektr energiyasini oʻgʻirlash holati aniqlandi.

Ushbu holat boʻyicha Toshkent viloyati Majburiy ijro byurosi tomonidan qoidabuzarlik dalolatnomasi rasmiylashtirildi va isteʼmolchi elektr tarmogʻidan uzildi.

“Oʻzenergoinspeksiya”ning Toshkent hududiy boʻlimi mutaxassisi xulosasi asosida Boʻstonliq tumani elektr taʼminoti korxonasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyati boshqarmasi inspektorlari tomonidan ushbu isteʼmolchiga qayta hisob-kitob amalga oshirildi. Yaʼni, qoidabuzarlik boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi tegishli qaroriga asosan isteʼmolchiga 606 528 000 soʻm qayta hisob-kitob amalga oshirildi.

Adham KAMOLOV,
“Oʻzenergoinspeksiya”ning Elektr va issiqlik energiyasi isteʼmol qilinishi va koʻmirdan foydalanishni nazorat qilish boshqarmasi boshligʻi.