English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektr energiyasidan qarzdor iste’molchilar avtomatik tarmoqdan o‘chiriladi
09:09 / 2020-12-12

Farg‘ona viloyatida elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish ishlari davom etmoqda.

Joriy yilning 28 sentyabrida Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan

yangi tizimga mos keluvchi elektr hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Ayni kunlarda Quvasoy shahar, Uchko‘prik, Farg‘ona hamda Oltiariq tumanlarida o‘rnatilgan zamonaviy elektr hisoblagichlari avtomatik tizimga ulash ishlari boshlandi.

Avtomatlashtirilgan tizimga ulangan elektr hisoblagichlardan foydalanish, avvalo, fuqarolarga qulaylik tug‘diradi. Avvalgi hisoblagichlarda sanoqli ma’lumotlar jamlangan bo‘lsa, tizimga ulanganlarida 40 taga yaqin ma’lumotni ko‘rish imkoniyati mavjud bo‘lib, xonadon sohibiga taxminan 25 yilgacha xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.

Endilikda yuqoridagi shahar, tumanlarda aholi iste’molchilari foydalangan elektr energiyasidan mavjud qarzdorligi uchun masofadan o‘chirish ishlari boshlandi.

M. Sulaymonov, O‘zA