Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari ko‘paymoqda
Toshkent viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Unga ko‘ra, Quyi Chirchiq tumanidagi “A. M.” MCHJ binosida hisoblagich ulanish sxemasi o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirilib, elektr tarmog‘i resurslaridan ruxsatsiz foydalanilgan.
“O‘zenergoinspeksiya” tomonidan olib borilgan tezkor tekshiruvlar natijasida ushbu qoidabuzarlik elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 105 million so‘mlik zarar keltirgani aniqlandi.
Inspeksiya axborot xizmatining ma’lum qilishicha, bu kabi holatlar nafaqat qoidabuzarlik, balki barqaror va adolatli elektr ta’minotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Ayni paytda mas’ullar tomonidan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
N.Ziyodullayeva tayyorladi,
O‘zA