Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektr energiyasidan 59 million soʻmlik oʻgʻirlik aniqlandi
18:26 / 2019-12-13

Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash hamda ijro ish yuritish tizimini tubdan takomillashtirish bugungi kunning muhim masalasiga aylanmoqda.


Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash hamda ijro ish yuritish tizimini tubdan takomillashtirish bugungi kunning muhim masalasiga aylanmoqda.

Joriy yilning 12-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, “Oʻzenergoinspeksiya” Namangan hududiy boʻlimi va “Namangan HETK” AJ xodimlari tomonidan navbatdagi oʻrganishlar tashkil etildi.

Unga koʻra, Namangan shaharidagi Hamroh koʻchasi 96-uyda joylashgan “Muxlisabonu savdo servis” XKga tegishli boʻlgan hisobga olish asboblari koʻzdan kechirilganda elektr energiyasi hisobi uchun oʻrnatilgan 100/5A tok transformatorlarining kuchlanish zanjirlari uzib quyilgan holda elektr energiyasidan toʻgʻridan-toʻgʻri foydalanayotganligi aniqlandi.

Isteʼmolchi tarmoqdan ajratilib, Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan qoidabuzarlik dalolatnomasi rasmiylashtirildi va amaldagi qoidalar asosida 217 898 100 soʻm hisobga olinmagan elektr energiyasi miqdori aniqlandi.

Shaharning Maʼrifat koʻchasi, 35-uyda joylashgan “Fayz toʻqima sanoat” MCHJga tegishli boʻlgan hisobga olish asboblari ham shu tarzda ishlatilgani bois amaldagi qoidalar asosida 972 100 soʻm hisobga olinmagan elektr energiyasi miqdori isteʼmolchiga qoʻshimcha ravishda hisoblandi.

Zarbdor MFY hududida joylashgan “White House Buildings” MCHJga tegishli boʻlgan hisobga olish asboblari koʻzdan kechirilganda “Elektrhisob” dasturi boʻyicha elektr energiyasi hisobi uchun 200/5A tok transformatorlari oʻrnatilgan boʻlsa-da, joyida 400/5A tok transformatorlari oʻrnatilganligi aniqlandi.

Mazkur holat boʻyicha elektr energiyasi hisobi qayta koʻrib chiqilib, isteʼmolchiga 54 206 997 soʻm hisobga olinmagan elektr energiya miqdorida yetkazilgan zarar aniqlandi.

“Oʻzenergoinspeksiya”
Namangan hududiy boʻlimi