Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektr energiyasi uzluksizligini ta’minlash maqsadida barcha shifoxonalarda qo‘shimcha dizel generatorlari o‘rnatilgan
18:54 / 2022-11-10

Kecha, 9 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Vodiydagi shifoxonalarda ham svet o‘chib qolmoqda” mazmunida xabar e’lon qilindi.

Ushbu holat yuzasidan Energetika vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.

"9 noyabr kuni soat 19:47dan 20:00ga qadar (13 daqiqa) Namangan viloyat Yuqumli kasalliklar va soat 20:25dan 20:45ga qadar (20 daqiqa) Chust tuman markaziy shifoxonalarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi tarmoqlarda nosozlik yuzaga kelib uzilish kuzatilgan.

Shu vaqt oralig‘ida qisqa fursatda shifoxonalarning zaxira dizel generatorlari ishga tushirilib, muassasalarda elektr ta’minoti qayta tiklangan. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan barcha shifoxonalar qo‘shimcha dizel generatorlari bilan ta’minlangan bo‘lib, tibbiyot muassasalariga elektr ta’minoti barqaror yetkazib berilmoqda."

O‘zA