French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektr energiyasi tanqisligini qanday bartaraf etish mumkin? (+video)
19:24 / 2023-08-14

O‘zbekiston Milliy axborot agentligining @uza_uz telegram kanali orqali texnika fanlari doktorlari Kamoliddin Qodirov va Dilshod Qodirov ishtirokida ovozli chat bo‘lib o‘tdi.

Unda energetika sohasidagi muammolarni hal etish bo‘yicha olimlar fikr-mulohazalarini bildirishdi.  

Bolgariya davlatida yashayotgan bir kuzatuvchi ekspertlarga ovozli shaklda shunday savol yo‘lladi.  

— Hozir Bolgariya davlatida bir zavodda ishlayapman. Men ishlayotgan zavodda 70 foiz quyosh panellaridan foydalanilib, elektr energiyasi bilan ta’minlanadi. Bu usul orqali zavod aholiga ham elektr energiyasini yetkazib beradi. Yurtimizdagi zavodlarda ham shu usul qo‘llanilyaptimi?

— Respublikamizda ham hisoblagichlar yordamida elektr energiyasini qayta tiklanuvchi manbalardan olib, aholiga sotish huquqi berilgan. Agar korxona yoki maishiy iste’molchilar elektr energiyasini quyosh panellari yordamida ishlab chiqaradigan bo‘lsa, ular ham kunduzi elektr energiyasini olib, kechasi sotishga yoki kunduzi olingan energiyani sotish huquqiga ham ega. Bu albatta hisoblagichlar orqali amalga oshiriladi, — deydi Kamoliddin Qodirov.  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ABNtOnKDt4U" title="Elektr energiyasi tanqisligini qanday bartaraf etish mumkin?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

— Kamoliddinning fikrlariga qo‘shimcha ravishda shularni aytib o‘tsam, “Quyosh panellari quyosh elektr stansiyasining bir qismi hisoblanadi. Quyosh panellarining ham bir nechta turlari mavjud,—deydi Dilshod Qodirov. —Xorijda deyarli foydalanish koeffitsiyenti birmuncha yuqori bo‘lgan quyosh elektr stansiyalaridan foydalanishadi. Lekin to‘g‘risini aytish kerak, xorijdan yurtimizga sifatsiz panellar ham kelyapti. Kategoriyaga ajratadigan bo‘lsak, 3- kategoriyaga mansub bo‘lgan panellar ham topilyapti. Mutaxassis sifatida biz ularni laboratoriyada ko‘rib, qandayligini ajratib olamiz yoki stansiyaga o‘rnatgandan keyin undan olayotgan quvvatga qarab sifatini belgilamasak, boshqa xolda ajratish qiyin.  

Kuzatuvchining taklifidan kelib chiqib aytadigan bo‘lsam, bizda ham bu soxada xorijdagi kabi ishlar joriy qilingan. Ob’ektni ikki tomonlama yuqori va pastki qismiga joylashtiriladigan zamonaviy panellarimiz bor. Mana shu panellarimizdan o‘rnatadigan bo‘lsak, kichkina maydonimizdan ham yuqori quvvatli elektr energiyasini olishimiz mumkin. Aynan o‘sha hududga o‘rnatilgan ob’ektni elektr energiyasi bilan nafaqat 70, balki 100 foizga ham ta’minlashimiz mumkin.  

O‘tgan yili anomal sovuqda xizmat safari bilan xorijda bo‘ldim. Ular energiya tanqisligidan avtonomlashtirish orqali chiqishyapti. Bu- maksimal darajada markazlashgan elektr tarmoqlaridan uzilib, o‘zini o‘zi mustaqil elektr energiyasi bilan ta’minlash degani.

N.Rahmonova, A. Sodiqov (video), O‘zA