Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektr energiyasi ta’minotidagi muammolar muhokama etildi
11:12 / 2025-10-03

“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Qoraqalpog‘iston hududiy filialida korxona tomonidan 2025 yilning o‘tgan davrida bajarilgan ishlar hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikka bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda so‘zga chiqqanlar filial tomonidan 2025 yilga belgilangan ishlarning bajarilish jarayoni haqida ma’lumot berishdi.

Matbuot anjumanida ta’kidlanganidek, hududiy filial tomonidan joriy yilda 590,7 km elektr uzatish tarmog‘i va 88 dona transformator punkti qurilib, 12 ming 829 dona temir-beton ustuni o‘rnatildi.

Hududiy filial tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 sentyabrdagi "“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida 590,7 km elektr uzatish tarmog‘i va 88 dona transformator punkti qurildi. Shuningdek, 12 ming 829 dona temir-beton ustuni o‘rnatildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 dekabrdagi “2025-2027 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori asosida 24,9 km 0,4-6/10kV elektr uzatish tarmog‘i va 1 dona podstansiya yangidan qurildi. Shu bilan bir qatorda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston” massivlarini barpo etish va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni asosida Amudaryo, Qonliko‘l va Ellikqal’a tumanlaridagi 3 ta mahallada 103 ta temir-beton ustuni, 5,1 km masofadagi elektr uzatish tarmog‘i va 3 ta transformator punkti qurildi va bu boradagi ishlar qizg‘in davom etmoqda.

Tadbirda jurnalistlar bugungi kunda jamoatchilikni qiziqtirib kelayotgan masalalar, kuz-qish oylarida aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash yuzasidan savollar berishdi va tegishli javoblar olishdi.

Dovud Abibullayev, O‘zA