Yangi yilning ilk kunlaridanoq “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali tarkibidagi tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalari tomonidan joriy 2026 yilga belgilangan rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari boshlab yuborildi.
Mutaxassislar ishlab chiqarish korxonalari, ijtimoiy soha ob’ektlari, shuningdek, mahallalarda aholi xonadonlarini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash, elektr energiyasi ta’minotini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlarni olib bormoqda.

Xususan, Andijon shahar Qayrag‘ochtagi mahallasida ham yangi transformator punkti o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Umuman, rekonstruksiya loyihasi doirasida mahallada 24 dona temir-beton ustun o‘rnatish, 1,1 kilometr uzunlikdagi yangi elektr tarmog‘ini tortish ishlari jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda.

Ushbu ishlar mahallada elektr energiyasi yetkazib berish barqarorligini ta’minlash, kuchlanish bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish, aholining turmush sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi.

Bu kabi ishlar viloyatdagi ko‘plab mahallalarda tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
F. Ubaydullayev,
Z.Umrzoqov (surat),
O‘zA muxbirlari