Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektr energiyasi qoidalariga oid huquqbuzarliklar elektron tartibda rasmiylashtiriladi
15:01 / 2024-12-23

“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati rahbari Faxriddin Nuraliyevning ma’lum qilishicha, endilikda elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik dalolatnomalari elektron shaklda rasmiylashtiriladi.

Unga ko‘ra, ushbu tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 13 fevraldagi “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq joriy qilingan “E-dalolatnoma” tizimi doirasida amalga oshiriladi.  

Faxriddin Nuraliyev ta’kidlaganidek, mazkur tizim 2025 yilning 1 yanvaridan ishga tushiriladi. “E-dalolatnoma” tizimi iste’molchilar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklarni faqat elektron shaklda rasmiylashtirish imkonini yaratadi. 

Bu esa energetika tizimidagi korrupsiyaviy holatlarni yo‘q qilish, dalolatnomalarni tezkor shakllantirish hamda qog‘oz hujjatlar aylanmasini qisqartirish imkoniyatini beradi. Shuningdek, nazorat jarayonlari yanada samarali tashkil etilishiga zamin yaratadi. Tizimning joriy qilinishi iste’molchilar va nazorat idoralari o‘rtasidagi munosabatlarni shaffoflashtirishda muhim qadam hisoblanadi.  

Ta’kidlash kerakki, ushbu yangicha tartib elektr energiyasi sohasida qonuniylikni ta’minlash va korrupsiyaviy holatlarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega. “E-dalolatnoma” tizimi hujjatlarning elektron shaklda rasmiylashtirish jarayonlarini tezlashtiradi, iste’molchilar uchun ham qulaylik yaratadi. 

Shu bilan birga, tizim nazorat mexanizmlarini mustahkamlab, energetika sohasida shaffoflikni ta’minlashda katta qadam bo‘ladi.  

Nasiba Ziyodullayeva,

O‘zA