Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektr energiya 40-45 foizga tejaladi
18:45 / 2023-07-24

Davlat rahbarining tashabbusi bilan “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filialining binosida 20 kVt quvvatli quyosh panellari o‘rnatildi.

Ushbu qurilmalarning yillik ishlab chiqarish quvvati 3 million 600 kVt soatni tashkil etadi. Ular ikki yil mobaynida o‘z xarajatlarini to‘liq qoplashi ko‘zda tutilgan. Ta’kidlash lozim, ushbu samarali ish natijasi o‘laroq elektr energiyasi oyiga 40-45 foizga tejaladi. 300 litrli ikki dona quyosh suv isitish moslamasi ham o‘rnatilib, foydalanishga topshirildi.  

Shuningdek, gaz ta’minotida faoliyat olib boradigan rahbar xodimlar o‘z xonadonlarida quyosh panellarini o‘rnatib foydalanib kelmoqda.  

 Zarif Komilov, O‘zA