O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasiga qarashli “Suv sporti saroyi”da suzish bo‘yicha I Markaziy Osiyo ochiq chempionati vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda.
Musobaqaning ikkinchi kungi bellashuvlarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Eldorbek Usmonov 18 yoshgacha bo‘lgan suzuvchilar o‘rtasidagi 50 metr masofaga batterflyay usulida suzish bahslarida marraga 23.32 daqiqada yetib keldi va mamlakatimizning ushbu masofadagi yangi rekordini yangiladi. Bundan avvalgi rekord ham aynan ushbu suzuvchimizga tegishli edi. Shuningdek, mazkur yo‘nalishda yana bir vakilimiz Mixail Kleshko kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Batterflyay bellashuvlarining turli yosh va masofalarida Sevara Rashidova, Alina Nurmatova, Ruxshona Rahimjonova, Madina Imomnazarova, Samir Abdujabborov, Javlon G‘aniyev, Davron Nosirjonov kabi suzuvchilarimiz g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Shuningdek, kompleks va erkin usulda 100 metr masofaga suzish bo‘yicha aralash estafeta bellashuvlarida terma jamoamiz 6 ta kumush, 2 ta bronza medaliga ega chiqdi.
400 metr masofaga kompleks usulda suzish bo‘yicha Ilyos Gizov va Alina Nurmurodova o‘z yosh toifalarida oltin medalga ega chiqqan bo‘lsa, Yuriy Petrovin, Nikita Kornilov, Sevara Yaxshiyeva kumush medal bilan taqdirlandi.
[gallery-23509]
Bahslar davom etmoqda.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA