O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbol bo‘yicha 2022 yilgi jahon chempionati va 2023 yilgi Osiyo kubogining qo‘shma saralash turniriga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazmoqda.

Yig‘in doirasida Vadim Abramov shogirdlari ikkita xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida – 12 noyabr kuni Suriya va 17 noyabrda Iroq terma jamoalari bilan kuch sinashadi. Har ikki uchrashuv Dubay shahrida tashkil etiladi.
Vadim Abramov bu yig‘inga Yevropa mamlakatlari chempionatlarida ishtirok etayotgan legionerlar – Eldor Shomurodov, Oston O‘runov va Jasur Yaxshiboyevni jalb etmaslikka qaror qildi. Murabbiy faqatgina legionerlarimizdan – Janubiy Koreyadan Jamshid Iskanderov va Rustam Ashurmatov, Birlashgan Arab Amirliklaridan Otabek Shukurov va Aziz G‘aniyevni chaqirgan. Kuni kecha Xitoy chempionatini yakunlagan Islom To‘xtaxo‘jayev ham yig‘inga qo‘shiladigan bo‘ldi.