Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eldor Shomurodov yana bir rekordni yangiladi
09:09 / 2024-03-22

Xabaringiz bor kuni kecha, O‘zbekiston terma jamoasi Gonkong termasiga qarshi safarda maydonga tushib, 2:0 hisobida zafar quchdi. Ushbu o‘yindagi gollarga Eldor Shomurodov va Rustam Ashurmatov mualliflik qildi.

Ushbu o‘yinda gol urgan Eldor Shomurodov terma jamoamiz tarkibida urgan gollari sonini 39 taga yetkazib oldi va milliy jamoada tariximizdagi eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatidagi rekordini yangiladi.

Ma’lumot uchun, Eldor terma jamoamiz safida 2015-yildan buyon uchrashuvlarda maydonga tushadi va ilk golini uchinchi o‘yinida – Osiyo chempionatining saralash turnirida Bahrayn darvozasiga kiritgan. U o‘tgan yillar davomida Livan, Kanada, Iroq, Gruziya, Gonkong, Omon, Yaponiya, Turkmaniston, Tojikiston, Xitoy, Yaman, Saudiya Arabistoni, Suriya, Singapur, Falastin, Eron, Shvetsiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Kosta-Rika, Janubiy Sudan, Uganda va Maldiv orollari va Boliviya terma jamoalari darvozasiga gol urgan.  

Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, Eldor Shomurodov endi O‘zbekiston terma jamoasi safidagi har bir urgan goli rekord sifatida tarixda qoladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi to‘purarlari ro‘yxatida Eldor Shomurodovdan so‘ng, Maksim Shaskix 34 ta , Aleksandr Geynrix 31 ta va Mirjalol Qosimov 30 ta gol bilan bormoqda. Shu o‘rinda mazkur futbolchilarning barchasi o‘z faoliyatlarini yakunlagan. Hozirgi kunda Eldor o‘rnatayotgan rekordlarni faqatgina Igor Sergeev o‘zgartirishi mumkin. Shu kunda uning hisobida 18 ta gol bor.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA