Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eldor Shomurodov Turkiya chempionatida yana gol urdi
09:53 / 2025-12-15

Futbol bo‘yicha Turkiya Superligasining 16-turidan o‘rin olgan "Samsunspor" va "Istanbul Bashakshehir" uchrashuvi 0:2 hisobida o‘z yakuniga yetdi.

Bellashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limda O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Eldor Shomurodov 66-daqiqada raqib himoyachisi xatosidan unumli foydalanib, to‘pni egallab oldi va uzoq masofadan aniq zarba bilan hisobni ochdi. 83-daqiqada futbolchimiz yana to‘pni egallab olib, hujum tashkil qildi va jamoadoshi Bertug Yildirimga golli pas uzatdi. Shu tariqa, Eldorning foydali harakatlari evaziga "Istanbul Bashakshehir" 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Shu tariqa, Eldor Shomurodov Turkiya Superligasidagi gollari sonini 11 taga yetkazdi va “Oltin butsa” uchun kurashda birinchi o‘rinda turgan “Trabzonspor” hujumchisi Pol Onuachuga yetib oldi. Ayni damda Turkiya chempionati to‘purarlar ro‘yxatining uchinchi o‘rnida “Galatasaroy” yulduzi Mauro Ikardi sakkizta gol bilan qayd etilgan. Ularni “Beshiktosh” klubi forvardi Temmi Abraxam, “Konyaspor” hujumchisi Umut Nayir va “Fenerbaxche” o‘yinchisi Yusuf En-Nesiri yettitadan gol bilan ta’qib qilmoqda.    

Darvoqe, "Samsunspor" va "Istanbul Bashakshehir" bahsida Abbosbek Fayzullayev boshlang‘ich tarkibdan joy oldi va maydonda eng faol o‘ynagan futbolchilardan biri bo‘ldi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA