Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eldor Shomurodov Turkiya chempionati to‘purariga yetib oldi
12:46 / 2025-11-01

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Turkiya Superligasida ham o‘zining yorqin o‘yinlarini namoyish etishda davom etmoqda.

Mahoratli futbolchimiz Turkiya Superligasining 11-turida "Istanbul Bashakshehir" tarkibida "Kojalispor" klubiga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Eldor Shomurodov uchrashuvdagi yagona golni 90+1-daqiqada penaltidan kiritdi. Shu tariqa, Nuri Shahin shogirdlari 13 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 9-pog‘onadan o‘rin oldi.

Shuni ta’kidlash lozimki, Eldor Shomurodov Turkiya Superligasi to‘purarlari poygasida peshqadamlik qilayotgan “Trabzonspor” vakili Pol Onuachuga yetib oldi. Birinchi o‘ringa chiqib olgan Eldor Shomurodovning gollari soni ham Pol Onuachuniki kabi yettitaga yetdi.

Ayni damda “Galatasaroy”ning mashhur yulduzi Mauro Ikardi va “Fenerbahche” hujumchisi En-Nesirida oltita gol bor.  

Shuningdek, Karlo Xolse (“Samsunspor”), Umut Nayir (“Konyaspor”), Felipe Avgusto (“Trabzonspor”), Rafa Silva (“Beshiktosh”), Taliska (“Fenerbahche”) kabi futbolchilar chempionat davomida raqiblar darvozasini besh marta ishg‘ol qilgan.

Ma’lumot o‘rnida: "Istanbul Bashakshehir" chempionatdagi navbatdagi o‘yinini 9 noyabr kuni safarda “Genchlerbirligi” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA