Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eldor Shomurodov “A” seriyadagi yurishini boshladi
09:16 / 2021-08-23

Italiya “A” seriyasi ilk turida "Roma" va "Fiorentina" klublari o‘zaro raqobatlashdi. Mazkur o‘yinning biz uchun ahamiyatli jihati, hamyurtimiz Eldor Shomurodov Rim klubi safida chempionatni muvaffaqiyatli boshlagani bo‘ldi. Mazkur o‘yinda “Roma” raqiblarini 3:1 hisobida taslim qildi.

O‘yinda rimliklar safiga yaqindagina kelib qo‘shilgan Temmi Abraxamning ikki assistidan so‘ng Mxitaryan hamda Veretu raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 60-daqiqada Milenkovich mehmonlarning yagona golini kiritdi. Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan E.Shomurodovning golli uzatmasidan so‘ng Veretu to‘pni darvozaga aniq yo‘llab, jamoasining yirik g‘alabasini ta’minladi.  

Shu tariqa, Mourino shogirdlari joriy mavsumni g‘alaba bilan boshladi.

Statistik ma’lumotlar berib boruvchi "WhoScored.com" nashri mazkur qarama-qarshilik uchun qo‘yilgan ballarni e’lon qildi. Zaxiradan maydonga tushgan Eldor Shomurodov 7 ballga loyiq ko‘rildi. Bu esa zaxiradan tushgan futbolchi uchun yuqori baho hisoblanadi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA