Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elchilar Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar (+video)
14:37 / 2026-01-17

2026 yil 15 yanvar kuni prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida Tashqi ishlar vazirligi hamda xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyati masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida Tashqi ishlar vazirligi hamda xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyatini zamon talablariga mos ravishda yangicha tashkil etish zarurligi qayd etilgandi.

Shundan so‘ng yig‘ilish ishtirokchilari va diplomatik korpus vakillari 16 yanvar kuni poytaxtdagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar. Davlat rahbari tashabbusi bilan barpo etilgan mazkur markazning g‘oyaviy mazmuni va amaliy ahamiyati mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo uchun betakror loyiha sifatida e’tirof etilayotgan markaz kelgusida turistlarga yangi, jozibali makon bo‘lishi ta’kidlandi.

- Bir ajoyib kompleks bo‘lgan, bunday majmua jahonda yo‘q desak ham bo‘ladi, - deydi san’atshunoslik fandari doktori, akademik, professor Kamola Oqilova. – Bilamizki, ba’zi bir davlatlarda Islom muzeylari bor, ba’zi davlatlarda ilm-fan markazlari bor. Lekin juda ko‘p yo‘nalishlarni o‘ziga qamrab oladigan markaz - bu aynan Toshkentda. Mana shu markaz haqida gapirar ekanmiz, birinchidan bu g‘oya bizni prezidentimizning g‘oyalari. 

Hozirgi kunda juda bir murakkab davrda yashayapmiz. O‘zbekistonda tinchlik, xotirjamlik, mana shunday inshootlar barpo etilar ekan, bu ob’ektning asosiy vazifasi islom sivilizatsiyasini jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini ko‘rsatish. Bu yerga kelgan odamlar o‘zi uchun yangi ma’lumotlar, ham yangi taassurotlar oladi, bu yerga kelgan yurtdoshlarimiz juda bir g‘urur bilan chiqib ketadi. 

Aytish kerakki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston tashqi siyosat geografiyasini kengaytirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Yig‘ilishda elchilar va diplomatik korpus vakillari turizm va madaniyat yo‘nalishida ishlarni yangi yondashuvlar asosida tashkil etish vazifasi belgilandi. Albatta, bu orqali O‘zbekistonning xalqaro maydondagi imijini yanada mustahkamlash, mamlakatning madaniy va ma’naviy salohiyatini keng targ‘ib etish ko‘zda tutilmoqda. 

Mehmonlar dastavval, Markazninig shon-sharaf zali hamda binoning noyob arxitekturasi bilan tanishishdi. Buyuk ajdodlariimizning boy ilmiy-ma’naviy merosi va uning jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rni haqida hikoya qiluvchi mahobatli ravoqlar haqida ma’lumotlar berildi. Shundan so‘ng ular markaz muzey ekspozitsiyasi, islomdan avvalgi davr, birinchi va ikkinchi renesans shuningdek, Yangi O‘zbekiston yangi renesans poydevori bo‘limlarini tomosha qilishdi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/LgP7Qv-V4dQ" title="Elchilar Islom sivilizasiyasi markaziga tashrif buyurdilar " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov,

Doniyor Yakubov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA