Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elchilar bilan uchrashuv tashkil etildi
20:05 / 2022-09-23

So‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlar ta’lim-tarbiyasi, huquq va manfaatlariga katta ahamiyat qaratilmoqda. Ayniqsa yoshlarni ko‘zlagan maqsadlari sari dadil odimlashi, o‘zlari xohlaganidek kasb egasi bo‘lib, jamiyatda o‘z o‘rnini topish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berish davlatimiz olib borayotgan siyosatning muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Ustozlarga hurmat, ularning hayot yo‘lini o‘rganish, o‘rnak olish yoshlar bilimga intilish, yangi marralarni egallashga ishtiyoqini yanada oshiradi.

Ta’kidlash joizki, Respublikamiz barcha vazirliklari, tegishli muassasalar qatorida Tashqi ishlar vazirligida ham mazkur yo‘nalishda tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Vazirlik tomonidan otaliqqa olingan Uchtepa tumanidagi maktablar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanib kelinmoqda. Ana shunday ilm maskanlaridan biri sifatida Jahon Iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda uning huzuridagi Akademik litseyni aytish mumkin.

Bugun mazkur Akademik litseyda O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi Favqulodda va muxtor elchilari hamda Tashqi ishlar vazirligining mas’ul xodimlari bilan litsey o‘quvchilari va murabbiylari ishtirokida davra suhbati tashkil tildi. Tadbirda Akademik litsey ijrochi direktori O.Mannapova litseyda amalga oshirilgan ishlar, kutilayotgan yangiliklar, o‘quv maskanining kelajakdagi rejalari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berdi.

Uchrashuvda Elchilar o‘zlarining diplomatik faoliyati davomida bosib o‘tgan yo‘llari haqida litsey o‘quvchilariga so‘zlab berdi. Diplomatiya kasbining mohiyati va maqsadi nimadan iborat ekanligi, bu kasbni egallash uchun insonda qanday sifatlar bo‘lishi kerakligi hamda o‘zlarining diplomatik xizmatlarida duch kelgan qiziqarli voqealar haqida o‘quvchilarga so‘zlab berdi. Uchrashuvda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.

Tadbirda litseyga vazirlik tomonidan o‘quv qurollari, xorijiy tillarda nashr etilgan adabiyotlar, kompyuter va boshqa tegishli zarur anjomlar taqdim etildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar bu kabi uchrashuvlar an’naga aylanishi maqsadga muvofligini ta’kidlab, bu kabi davra suhbatlari, uchrashuvlar kelajakda yosh avlod uchun foydali bo‘lishi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Saidmurod RAHIMOV, O‘zA muxbiri